Bugun mahzunman yurak urmoqdadir mazmunsiz
Shu kungacha yashab kelardi orzularim essiz
Endi bu tuyg'ularni qiymati yo'q bir tiyin
Bu ketishda ayanchli yakun topishi tayin
Yana o'sha gap so'z qizning otasi etgan rad
Boyroq oila obro'li joyga qilomiman rad
Doim pesh qilgani qilgan o'ylab qizning bahti
Bir chetga suriladi qizning sevgani bilan ahti
Bechora yosh to'kadi buning bari foydasiz
Otaga qizdan ko'ra obro' etibor aziz
Nahotki farzandning tuyg'ulariga befarq qarab
Be so'rov hayotini misoli huddi
zaharlab Bahtli qilaman deb bir umr bahtsizlikka tirab
Ota-onadan bahtli qilish emasmikan talab
O'rtada begunoh ikki yurak chekadi qayg'u
Nahotki shunchalar ham qadrsizmikan bu tuyg'u
Ey tangrim qiynamagin mani
Yo rabbim shu darddan yig'laydi
Bu qalbim ayirma mani yolg'izimdan, Boru yo'g'imdan
Ey tangrim qiynamagin uni
Yo rabbim shu darddan yig'laydi Zor qalbi
Ayirma uni yolg'izidan, Boru yo'g'idan
Kamida 4 yil bir biriga o'rgangan yuraklar
Shuncha vaqt ichida paydo bo'lgan shirin tilaklar
Kelajakda shirin hayot va doimo birga
Niyat qilardi Ollohim yetkazgin o'sha kunga
Ne bo'lsa ham bahtga yetgin endi mayli mensiz
Chin yurakdan qilingan niyatlar barboddir essiz
2 kun qoldi to'yinga keyin sani yo'qotaman
Keyin esa o'zim ham quyosh singari botaman
Orzularga yetishishimizga bo'ldilar qarshi
O'zga bag'rida ko'rganimdan ko'r bo'lganim yaxshi
Ohirigacha kurasholmadim bahtimiz uchun
Bahtsizlik orqasidan topilgan baht kerak kim uchun ?
O'zingni ayblab qiynama befoydadir ko'z yosh
Taqdir sinovlariga tayyor bo'l bergin bardosh
Mayli bir kun kelib bahtga yetamiz fazolarda
Muhabbat qasrini birga quramiz orzularda
Orzular - orzuligicha qolib ketadi men netay
Endi ketay , seni qiynamay O'zimni qiynamay,
Ko'z yoshlaring ko'rmay
Ollohimdan so'ray [2-times]
Ey tangrim qiynamagin mani
Yo rabbim shu darddan yig'laydi
Bu qalbim ayirma mani yolg'izimdan
Boru yo'g'imdan
Ey tangrim qiynamagin uni
Yo rabbim shu darddan yig'laydi
Zor qalbi ayirma uni yolg'izidan
Boru yo'g'idan...
Telegram.me/UMMON_NEWS