Qalbimda to‘la
Orzularim bor,
Ushalar qachon?
Eng oliy orzu -
Meni doimo
Sayd etgan inson!
Ishonolmadim –
Taqdir yuzma-yuz
Senga uchratdi!
O‘sha kun, bildim,
Hayot sinovga
Meni uzatdi.
***
Aniq bilaman –
Baxtga yetmayman!
Dardim yashaydi
Mening qalbimda.
Aniq bilaman –
Umid bo‘lsa ham,
Hayotim emas
Mening qo‘limda.
***
Qiynar yuragim -
Nedir gunohim,
Shuncha azoblar
Taqdirimiz bo‘lsin!
Nega xayolim
Seni eslatar?
Armonim bo‘lib,
Ushalding, orzu!
Bu qanday jazo!
Oxirgi so‘zim -
Baxtiyor bo‘lgin,
Sevgim, alvido!
***
Aniq bilaman,
Baxtga yetmayman,
Dardim yashaydi
Mening qalbimda.
Aniq bilaman -
Umid bo‘lsa ham,
Hayotim emas
Mening qo‘limda